08:12 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
5G set

Oʻzbekistonda 5G texnologiyasi sinov tartibda ishga tushdi

© AP Photo / Francisco Seco
Jamiyat
Havola olish
320 0 0

Toshkentda 5G avlodga mansub uyali aloqa texnologiyasi sinov vaqtida 1376 Mbit/c tezlik namoyish etdi.

TOSHKENT, 17 sen - Sputnik. Ucell va Uzmobile uyali aloqa operatorlari Toshkentda 5G avlodli aloqa tarmogʻini ishga tushirdi, deb xabar qilishdi kompaniyalar matbuot xizmatlari.

Beshinchi avlod aloqa texnologiyalarini ishga tushirish – ulkan miqdorda abonentlarga ega boʻlgan tarmoqlarni nazorat qilish va boshqarish, internet tarmogʻiga ulangan buyumlar (IoT) xizmatlaridan foydalanishni nazarda tutadi.

Yangi turdagi tarmoq abonentlarga internetga 1Gbit/soniya tezligi bilan kirish va bitta baza stantsiyasidan bir vaqtning oʻzida juda koʻp abonentlarga xizmat koʻrsatish imkonini beradi. Shuning uchun ham bunday texnologiyalarni odamlar gavjum boʻlgan joylarda qoʻllash maqsadga muvofiqdir.

Internetda 5G avlod aloqa texnologiyasini sinovdan oʻtkazish videosi paydo boʻldi. Unda baza stantsiyasi va moslama orasida 1 376 Mbit/c tezlikda aloqa oʻrnatildi.

Asosiy mavzular