15:14 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

“Shoʻxlik va jahl”: Urgutda oʻqituvchi oʻquvchini nega urganiga izoh berildi

© Sputnik / Aleksey Filippov
Jamiyat
Havola olish
913 0 0

Mazkur holat boʻyicha maktabning ikki oʻqituvchisiga nisbatan surishtiruv ishlari olib boriladi va Oʻzbekiston qonunchiligi doirasida chora koʻriladi.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan Urgut tumanidagi 27-umumtaʼlim  maktabidagi hodisa yuzasidan izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, mazkur holat joriy yilning 13 sentyabr kuni soat 16-25 lar atrofida, 7-“V” sinfida matematika darsi vaqtida sodir etilgan. Oʻquvchi J.M. darsga eʼtibor qaratmay, sinfdoshlari bilan shoʻxlik qilgan hamda oʻqituvchiga gap qaytargan.

Matematika fani oʻqituvchisi Z.A. oʻquvchi J.M.ni oʻqituvchilar xonasiga olib borish vaqtida oʻquvchi qiz oʻqituvchiga gap qaytargan. Oʻqituvchi jahl ustida oʻquvchini urgan.

Bundan tashqari, ushbu maktabning matematika fani oʻqituvchisi M.O. yoʻlakdagi oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi nizoga aralashmasdan loqaydlik qilgan.

"Mazkur holat boʻyicha ikkala oʻqituvchiga nisbatan surishtiruv ishlari olib boriladi va Oʻzbekiston qonunchiligi doirasida chora koʻriladi", - deyiladi xabarda.

Xabarda maktab rahbariyati pedagoglar bilan yigʻilish oʻtkazashishi va bunday holat takrorlanmasligi uchun  tushuntirish ishlarini olib borilishi qayd etilgan.

Darsga eʼtiborli boʻlmagani va dars jarayoniga xalaqit bergani, oʻqituvchiga gap qaytargani uchun oʻquvchi J.M.ga chora koʻrish maqsadida mazkur holat Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.

Asosiy mavzular