21:26 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
44110

Mehnat vazirligi xorijda ishga joylash bilan shugʻullanayotgan Human xususiy kadrlar agentligi faoliyatini vaqtincha toʻxtatadi.

TOSHKENT, 18 sen – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bilan shugʻullanayotgan “Human xususiy bandlik agentligi” litsenziyasini toʻxtatdi, deb xabar qilmoqla “Xalq soʻzi”.

Xabarda aytilishiga koʻra, agentlik fuqarolar bilan Germaniya va Chexiyada 6-8 oy ichida ish bilan taʼminlash haqida shartnoma imzolagan, lekin ushbu kelishuv amalga oshmaganidan soʻng fuqarolar toʻlagan pullarini qaytarib olishda muammolarga duch kelgan. Ushbu vaziyat yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga fuqarolardan koʻplab norozilik murojaatlari kelib tushgan. 

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomining 45 va 46-bandlariga muvofiq, “Human xususiy bandlik agentligi” MCHJ litsenziyasining amal qilishi 10 ish kuni muddatiga toʻxtatilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

“Human” xususiy bandlik agentligidan shu muddat ichida fuqarolar pulini qaytarish talab etiladi. Aks holda litsenziyani bekor qilish masalasi koʻrib chiqiladi, - deyilgan xabarda.

Shu fursatdan foydalanib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarni xususiy bandlik agentliklari bilan shartnoma imzolagan vaqtda eʼtiborli boʻlishga, shartnoma shartlarini toʻliq oʻrganib chiqish lozimligini eslatadi.

Asosiy mavzular