23:41 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
304 0 0

Maktab formasida kelmagan oʻquvchini maktabga kiritmaslik bu - qonunga zid, ularga boshcha jazo choralarini qoʻllash kerak - XTV.

TOSHKENT, 18 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi belgilangan kiyimda kelmagan oʻquvchilarni maktabga kiritmaslik holatiga izoh berdi.

Xabarda aytilishiga koʻra, soʻnggi vaqtlarda maktab formasida kelmagan oʻquvchilarni uchun oʻquv muassassasiga kiritilmaslik holatlari uchramoqda. Xoʻsh, ana shunday jazo chorasi qoʻllash toʻgʻrimi, ushbu holat haqida qonunda nima deyilgan?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 666-sonli qarori, Xalq taʼlimi vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchilarining odob-axloq qoidalari toʻgʻrisida” gi 2013 yil 28 fevralidagi 74-buyrugʻi va “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining ichki tartib qoidalarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2012 yil 7 iyundagi 177-buyrugʻi bilan belgilangan.

Oʻquvchilardan mazkur talablarni bajarish talab etiladi. Ota-onalar esa talablarning bajarilishini nazorat qilishlari lozim. Lekin, mazkur talablar bajarilmaganida oʻquvchilarni maktab hududiga yoki darsga kiritmaslik boʻyicha hujjatda hech qanday band koʻrsatilmagan.

Oʻquvchilarning maktab formasini kiyish yoki tashqi koʻrinish tartibiga rioya qilmasligi taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish, deb baholanadi. Bunday oʻquvchilarga quyidagi choralar qoʻllanishi mumkin:

  • ogohlantirish;
  • kundalik daftariga qayd etish;
  • tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;
  • fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va taʼlim muassasasidagi yigʻilishda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻrnatilgan talablarga rioya qilish boʻyicha joylardagi masʼullarga koʻrsatmalar berildi, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular