“Tez yordam”ga tushayotgan murojaatlarning 30%dan ko‘prog‘i asossiz chaqiriqlar – SSV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Tez yordam”ning har bir chaqiriq joyiga borishi davlatga kattagina xarajatga tushadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi asossiz murojaatlar tibbiy xizmat sifatiga ta’sir etishini ma’lum qildi

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi asossiz murojaatlar tibbiy xizmat sifatiga ta’sir etishini ma’lum qildi.

Shoshilinch va tez tibbiy yordam masalalari bo‘yicha mahalliy koordinator Obidjon Dilmurodovning so‘zlariga ko‘ra, Bugungi kunda “tez yordam”ga tushayotgan murojaatlarning o‘ttiz foizdan ko‘prog‘ini asossiz chaqiriqlar tashkil etadi.

“Bularning aksariyati surunkali kasalligi bor bemorlardir. Poytaxtimizdagi “tez yordam” xizmatiga ularning ba’zilari yiliga 500-martadan hatto 1000-martagacha murojaat qiladi”, - deydi u.

Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokor o‘rinbosari Ilhom Aslonovning ma’lum qilishicha, surunkali kasalliklarni davolash “tez yordam” shifokorlarining vazifasiga kirmaydi.

“Tez yordam” shifokori kasallikning hayot uchun xavf solishi mumkin bo‘lgan belgilarini bartaraf etadi, xolos. Bu bemorga vaqtincha yengillik beradi. Bemor darddan to‘la xalos bo‘lishi uchun umumiy amaliyot shifokori nazoratida turib yoki shifoxonada yotib davolanishi kerak”, - deydi Ilhom Aslonov.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
“Tez yordam” chaqirish madaniyati – bu nima?

Uning so‘zlariga qaraganda, “tez yordam”ning har bir chaqiriq joyiga borishi davlatga kattagina xarajatga tushadi. Ana shunday asossiz chaqiriqlar tufayli “tez yordam” xizmatida tig‘izlik yuzaga keladi. Natijada shoshilinch tibbiy yordamga haqiqatan muhtoj bo‘lgan bemorlarga o‘z vaqtida yetib borish imkoniyati cheklanmoqda.

SSV ma’lumotlariga ko‘ra, “tez yordam”ni dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash so‘nggi uch yil ichida 5,2 barobarga ko‘paydi, chaqiriqlarni qabul qilish, uzatish va ularni muntazam nazorat qilish markazi (Sall-markaz) faoliyati takomillashtirildi. Bugungi kunda har o‘n uch ming nafar aholiga bitta “tez yordam” mashinasi to‘g‘ri keladi. Bu xalqaro standartlarga to‘la mosdir.

Yangiliklar lentasi
0