23:50 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
50810

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Unga koʻra, Oʻzbekistonda ipoteka krediti olishda yuqori yosh chegarasi belgilandi.

TOSHKENT, 19 sen – Sputnik. Ipoteka krediti 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston fuqarolariga beriladi.

Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan hukumat qaroriga koʻra, endilikda yakka tartibda va qishloq joylarda namunaviy qurilgan arzon uy-joylar uchun ipoteka kreditlari 2 yillik (2020 yil 1 yanvardan 1 yillik) imtiyozli davr bilan 20 yil (hozirgacha 6 oylik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha) muddatga beriladi.

Shuningdek, oʻlchami 0,02 ga boʻlgan yerda joylashgan bir qavatli 3 xonali arzon uylar va 4 qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar arzon uy-joy hisoblanadi.

Ipoteka krediti miqdori arzon uy-joy qiymatining 90 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Asosiy mavzular