16:12 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Foto Mlechnogo Puti

Samoga parvoz: “Oʻzbekkosmos”ning maqsad va vazifalari belgilandi

Lehrstuhl für Astrophysik, RUB
Jamiyat
Havola olish
31920

Qarorda Agentlik oʻz faoliyatida mustaqil ekani va faqatgina Vazirlar Mahkamasiga boʻysunishi belgilab qoʻyilgan.

TOSHKENT, 19 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi toʻgʻrisidagi nizom hamda ushbu Agentlik tuzilmasi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, Agentlik oʻz faoliyatida mustaqil boʻlib, faqatgina Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, mazkur Agentlik kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun masʼul davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Agentlik bosh direktori va oʻrinbosarlari Hukumat qarori bilan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

Asosiy mavzular