15:05 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Devushka prinimayet vannu

Har kuni choʻmilish shartmi – shifokorlar javobi

CC0 / Unsplash/ bruce mars
Jamiyat
Havola olish
271801

Shifokorlar har kun choʻmilish shart emasligini maʼlum qilishdi. Ular oʻz fikrlarining tasdigʻi sifatida qator sabablarni sanab oʻtishdi.

TOSHKENT, 19 sen – Sputnik. Dermatolog shifokorlar har kun choʻmilish shart emasligini maʼlum qilishdi. Bu sogʻliq uchun zararli boʻlishi mumkin. Ular oʻz fikrlarining tasdigʻi sifatida qator sabablarni sanab oʻtishdi. Bu haqda GQ jurnalida maqola chop etildi.

Ularning soʻzlariga koʻra, hozirgi zamon kishilarining har kun choʻmilishlariga hojat yoʻq, chunki ular ogʻir jismoniy ishlarni bajarishmaydi. Qolaversa, tez-tez dush qabul qilish infektsiya xavfini oshiradi. Issiq suv terini oʻta quritib yuboradi va yorilishiga olib keladi. Sovun esa foydali bakteriyalarni yoʻq qilishi mumkin.

Yuvinishni niyat qilganlarga 10 daqiqadan ortiq hammomda qolib ketmaslik tavsiya qilinadi. Shifokorlarning taʼkidiga koʻra, issiq vanna yurak xurujini keltirib chiqarishi mumkin.

Shifokorlarning ishontirib aytishicha, tanani toza saqlash uchun har kuni libos va ichki kiyimni almashtirib turishning oʻzi kifoya.

Asosiy mavzular