13:34 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
306 0 0

Mobil guruhlarda xizmatlar bepul koʻrsatiladi. Bunda ovqatlantirish majburiy emas, taʼlim bir kunda 3-4 soatni tashkil etadi.

TOSHKENT, 20 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimning yangi turi joriy etilmoqda. Bu haqja Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab, maktabgacha taʼlim mobil guruhlari tajriba tariqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar ayrim tumanlarida, qayta jihozlangan ISUZU HC 40 avtobuslarida tashkil etiladi.

Mobil guruhning asosiy vazifalaridan biri maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning har tomonlama yetuk, intellektual kamol topishiga sharoit yaratishdan iborat.

Mobil guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan, maktabgacha taʼlim muassasalariga bormaydigan bolalar qabul qilinadi.

Qabul uchun ariza, ota-ona pasporti nusxasi, bolaning tugʻilganlik guvohnomasi nusxasi, bolaning 2 dona fotosurati, bolaning salomatligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa va bolaning salomatligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa talab etiladi.

Mobil guruhlarda xizmatlar bepul koʻrsatiladi.  Bunda ovqatlantirish majburiy emas, taʼlim bir kunda 3-4 soatni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda "bogʻcha avtobus"lari paydo boʻlishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular