Post-patrul xizmati xodimi Feysbukda 2,5 mingta layk oldi

Tanes sotrudnika GUVD nabral 2,5 tisachi laykov
Tanes sotrudnika GUVD nabral 2,5 tisachi laykov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichida kiri yo‘q odam shunaka buladi - Ichki ishlar xodimining berilib ijro etgan raqsiga minglab kishilar ijobiy izohlar qoldirishdi.

TOShKENT, 22 sen – Sputnik. O‘z xizmat mashinasi yonida berilib raqsga tushayotgan post patrul xizmati xodimining videosi Facebookda 2,5 mingdan ziyod layk oldi.

Feysbukdagi “Voditeli Tashkenta”  guruhida paydo bo‘lgan ushbu video aksariyat foydalanuvchilarning olqishini oldi. Guruh a’zolari: “Molodes”, “Krasavchik”, “Gap yo‘q”, “Ilhom jo‘sh urganda”,  “General bo‘pket”, “Shu bolani ishdan haydamanglar iltimos” kabi izohlar qoldirishgan.

Muhayo Mansur ismli foydalanuvchi yozishiga ko‘ra, ushbu xodimning oilasida 3ta qizdan keyin o‘g‘il farzand dunyoga kelgan, xursandchilikning boisi shunda bo‘lsa kerak.

Elor Matkurbonov nomli foydalanuvchi - “Ichida kiri yuk odam shunaka buladi” deb yozgan. 

Ko‘pchillik jamiyatda ana shunday ijobiy holatlar ko‘payaversin deb izoh qoldirgan. Ichki ishlar xodimlari orasida shunday pozitiv xodimlar soni ko‘payaversin! 

Yangiliklar lentasi
0