O‘g‘liga nikoh o‘qigan ota 7 sutkaga qamaldi

© Sputnik / Andrey Starostin / Mediabankka o‘tishSudebniy molotok, arxivnoe foto
Sudebniy molotok, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘onada o‘z o‘g‘li va uning ikkinchi xotini uchun nikoh o‘qigan otaga yetti kunlik ma’muriy qamoq jazosi berildi.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Farg‘ona viloyatida o‘g‘liga nikoh o‘qib qo‘ygan otaga ma’muriy chora ko‘rildi, deb xabar qilmoqda “Mening yurtim”  telekanali.

Prazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti Xazrati Imam - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston musulmonlari idorasi imom-xatiblarning ishdan bo‘shash sabablarini ma’lum qildi

Nikoh o‘qigan otaning ishi Qo‘shtepa tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi. Suddan oldin o‘tkazilgan surishtiruvda aniqlanishiga ko‘ra, ayblanuvchi dastlab bir necha imom-domlalarga murojaat qilgan, lekin ularning barchasi rad  javobini bergan.  Shundan so‘ng diniy ilmi bo‘lmasada, o‘g‘lining  ikkinchi xotini uchun  nikoh o‘qib qo‘ygan.

Sud ushbu ish yuzasidan otaga 7 kun ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan. Nikoh o‘qigan ota qo‘lida kishan bilan sud zalidan olib ketildi.

Ushbu sayyor sud majlisida shuningdek vakolat va yetarli darjaja ilmiy tayyorgarligi bo‘lmagan 7ta noqonuniy diniy maktablar tashkil qilgan shaxslar ishi ko‘rib chiqilib ularga ham kerakli choralar ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, sha’riy nikoh O‘zbekiston qonunchiligi tomonidan hech qanday yuridik kuchga ega emas. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishlarida barcha imomlarga FXDOdan guvohnomasi bo‘lmagan shaxslarga nikoh o‘qishni qat’iyan ta’qiqlab qo‘ygan edi.

Yangiliklar lentasi
0