22:27 05 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Xokim Almazarskogo rayona Baxtiyor Raxmonov na soveщanii s zamestitelyami i rukovoditelyami sektorov

Hokimiyatsiz hokim: Olmazor tumani rahbari saylovlar, mahalla va toʻylar xususida

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Jamiyat
Havola olish
61210

Toshkentning eng yirik tuman hokimi maʼmuriyatning yangi binosi qurib bitkazilguniga qadar ochiq osmon ostida faoliyat yuritmoqda. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri hokimning ish kuni tartibi bilan tanishish davomida tumandagi eng ogʻir muammolar va amaldagi rejalarni oʻrgandi.

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkent shahar Olmazor tumani rahbari Baxtiyor Rahmonov ofisda oʻtirishga u qadar ishqiboz emasligini uning meni oʻz kabinetiga emas, tuman mahallasidagi hovlilarning biriga taklif qilganidan angladim. Oziq-ovqat doʻkoni va tizilishib non sotib turgan ayollar qatoridan oʻtgach, hokimning "ish joyiga" oʻtamiz - koʻp qavatli bino oldida turgan bir stolu ikki stul yoniga. Yuzimdan ajablanganligimni payqagan maʼmuriyat boshligʻi matbuot kotibi vaziyatga aniqlik kiritgandek boʻldi: hokimiyat hududida qurilish ishlari olib borilayotgani va maʼmuriy bino qurilishi bitmagani tufayli, vaqtincha "toza havoda" ishlashga toʻgʻri kelmoqda.  

Xakim Almazarskogo rayona Baxtiyor Raxmonov i rukovoditeli sektorov
Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov va tarmoq rahbarlari

Tabiiyki, hokim va uning qoʻl ostidagilarga joy ajratilgan - tuman kollejlarining birida, lekin Baxtiyor Rahmonov u yerda ham deyarli boʻlmaydi. Faoliyatining xususiyatiga koʻra, uning kabinetda uzoq oʻtirib qolishga hojat qolmaydi. 

"Saylovlarda eskirgan narsalardan faqat qutichalar boʻladi"
Tuman rahbari uzoq va behuda suhbatlarni xush koʻrmaydigan ishbilarmon odam. Tanishishimiz bilanoq, majlisni boshlab yubordi. Tuman faoliyatiga bevosita aloqador barcha xizmatlar vakillari oʻz hisobotlari bilan chiqish qildilar.

Baxtiyor Rahmonovga mahallalarda obodonlashtirish ishlari, bolalar bogʻchalarida va maktablarda taʼmirlash ishlari qay yoʻsinda olib borilayotgani yuzasidan hisobot berildi. Xoʻjalik-maishiy masalalardan tashqari hokim tuman hududidagi 106 ta saylov uchastkalarining tayyorlik holati borasida maʼlumot oldi. Ajablanarli joyi yoʻq, albatta, yaqinda parlament saylovlari, va bunda hokimni nafaqat maʼmuriy masalalar, balki texnik holatlar - elektr tokidan tortib, Internet bilan taʼminlanganlik masalalari-da qiziqtirardi.

Rahmonovning taʼkidlashicha, deputatlikka nomzodlarni sinchkovlik bilan tanlab olish zarur.

"Agar boʻlajak parlament aʼzosi prezident islohotlarini tadbiq etishga tayyor boʻlmasa, bunday deputat bizga kerak emas. Yodingizda boʻlsin: bundan buyon, faqat saylov qutilari eski holatda qolishi mumkin. Qolgani, va hatto saylovni tashkillashtirishga boʻlgan yondashuv faqat va faqat yangi boʻladi", — deya qayd etdi hokim. 

"Ona yurtning bagʻridan zuvolasi": oʻzbek chinnisi dovrugʻining qayta tiklanishi
Majlisdan soʻng obʼyektlarni aylangani yoʻlga tushdik. Navbatda birinchi boʻlib Toshkent chinni zavodi. Uning xarobalardan qayta tiklanib, faoliyati shu yil oktyabridayoq boshlanishi kutilmoqda.

Oʻzbek oilalarida chiroyli odat bor – hurmat yuzasidan mehmonlarga naqshli chinni idishlardan dasturxon tuzatish. Mahalliy chinni anʼanaviy gullar va naqshlar bilan qoplangan boʻlib, u ora-sirada rus gjeli (rus xalq hunarmandchiligidagi naqsh)ni yodga soladi. Agar piyola, lagan, guldon yoki choynakni toʻntarsak, uning tubida Anko siluetini (forschadan "afsonaviy qush") koʻramiz. Bu tamgʻani oʻz mahsulotlari uchun Toshkent chinni zavodi qoʻllab kelgan. Zavod dovrugʻi sobiq ittifoq davridanoq Oʻzbekiston hududidan ancha uzoqlarga yoyilgan edi. 

XIX-XX asrlar oraligʻida, sharqiy uslubda naqsh urilgan chinni mahsulotlari Gardner va Dulevskiy fabrikalari, Xrapunovlar, Kornilovlar, Bateninlar manufakturalari tomonidan ishlab chiqilardi. 1953 yilda Toshkentda zavod ishga tushiriladi. Mahalliy mutaxassislarni oʻqitish uchun Rossiya va Belarusdan yetakchi ustalar tashrif buyuradi. Oʻzbek chinnisi doimo oʻziga xos, takrorlanmas uslubga ega va sobiq ittifoqda hamisha mashhur boʻlgan. 

1991 yilda korxona xususiylashtiriladi, soʻngra norentabelligi tufayli faoliyati tamomila tugatiladi. Endilikda esa, afsonaviy zavod oʻzining ikkinchi tugʻilgan kunini - 1 oktyabrda oʻtkazishni rejalashtirmoqda. 350dan ortiq ustalarning yiliga 30 million donadan ortiq mahsulotlarni mahalliy xom ashyodan ishlab chiqishi kutilmoqda. Reja boʻyicha idish uchun oq chinni gili - kaolin - Surhondaryo viloyatidan keltiriladi.

V Almazarskom rayone Tashkenta planiruyetsya vosstanovit znamenitыy farforovыy zavod
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Toshkentning Olmazor tumanida mashhur chinni zavodining qayta tiklanishi

Tsexlarda pardoz-andoz, sozlash ishlari nihoyasiga yetmoqda, korxonaga kiraverishingiz bilan salobatli chinni serviziga koʻzingiz tushadi. Zuvolasi ona yurt bagʻridan boʻlgan chinni piyola anʼanalari qayta tiklanmoqda. 

Islohotlar zamirida
Olmazor tumani — Toshkentda hududi boʻyicha eng yirigi hisoblanib, unda uch yuz mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. 1970 yildan tuman general Sobir Rahimov nomi bilan maʼlum boʻlib, 2010 yildan hozirgi nomini olgan. 

Eʼtiborga loyiq tarafi, aksariyat zamonaviy tashabbuslar, dastavval, aynan shu tumanda "tajribadan oʻtkaziladi". Hududda ilk bor "Olmazor Siti" savdo markazi barpo etildi. Qolaversa, aynan Olmazor tumanida prezidentning "Besh tashabbusi" tadbiq etilishi boshlandi. Xususan, tumanning 18ta mahallasida yangi kutubxonalar barpo etilmoqda, infratuzulma rivojlantirilmoqda, koʻcha yoʻl tarmoqlari kengaytirilmoqda.  Har bir mahallada sport va oʻyin maydonchalari mavjud, hatto devoru toʻsiqlar ilgʻor standartlar asosida barpo etilmoqda. Shu bilan birga tumanning oʻziga xos "kashfiyotchi" yohud "pioner" statusi uning rahbariyatiga ikki baravar masʼuliyatni yuklaydi, albatta. Demakki, ham hokim va ham unga boʻysunuvchi shaxslar epchillikni susaytirmay, ishlarida joʻshqinlik bilan davom etishlari talab etiladi. Qolaversa, davlat rahbarining shahar tumanlariga ham muntazam tashrif buyurishi buni talab etadi. 

Detskaya ploщadka v odnom iz dvorov Almazarskogo rayona Tashkenta
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Olmazor tumani mahallalaridagi bolalar oʻyingohlarining biri

Yangi uylar va retsidivist toʻyi 
Baxtiyor Rahmonov bir yildan ortiqroq muddat davomida tuman hokimi sifatida faoliyat yuritmoqda. Oʻzining eʼtirof etishicha, avvaliga mahalliy aholi bilan umumiy til topishda bir oz murakkabliklar boʻldi. "Boshida hatto salomlashmasdilar ham", — deya, eslaydi u.

Hamma oʻzgarishlar 2018 yildan - Olmozor tumani Ibrohim ota mahallasi eng ashaddiy jinoyat koʻp sodir etiluvchi "qarovsiz" mavzedan zamonaviy va xavfsiz, yashash uchun qulay hududga aylanganidan soʻng boshlandi. Bu yerda yettita koʻpxonadonli uylar barpo etildi, butun hudud obodonlashtirildi va jinoyatchilik deyarli yoʻqqa chiqarildi.

Detskiy sad v Almazarskom rayone Tashkenta
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Olmazor tumanidagi bolalar bogʻchasi

Shu bilan birga, uy-joy taʼminoti masalasi tumanning yagona muammosi emas, garchi u oʻta ogʻir va jiddiy boʻlsa-da. Tumanda moddiy yordamga muhtoj anchagina oila bor. Asosiy eʼtibor yoshlarga qaratilgan. Tuman maʼmuriyati yuzlab toʻylarning oʻtkazilishida bevosita qatnashdi, yosh oilalarga shahar maʼmuriyatidan sovgʻa tariqasida mebel taqdim etildi. Hokim qayd etganidek, koʻplab juftlar aynan moliyaviy sabablar tufayli oila qura olmayapti.

"Aynan shundaylarga yordam koʻrsatildi, ularning toʻyi oʻtkazildi. Musiqa yangradi, dasturxon yozildi, hammasi bekamu-koʻst, isrofgarchiliksiz oʻtdi", — deydi Rahmonov.

Hokim tumanda oʻtkazilgan bir retsidivistning toʻyi haqida ham eslab oʻtdi.

"Bu inson butun umr oʻgʻrilik bilan shugʻullanib kelgan, umrining ancha qismini qamoqda oʻtkazdi. Prezident bizga shunday odamlar bilan ham ishlanglar, birortasi eʼtibordan qolmasin, deganlarida, ularni yigʻib, kimning qoʻlidan nima ish kelishini oʻrganishga harakat qildik. Biridan "Nima ish qilishni bilasan?", deb soʻrasam, "Hech narsa", deb javob qaytardi. "Nega uylanmaysan?", dedim tagʻin. U menga qarab: "Kim oʻtkazib beradi toʻyimni? Sizmi?", dedi. "Nega boʻlmasin", degandek javob bergandim oʻsha payt, deya eslaydi tuman hokimi.

Rahmonovning aytishicha, shu bilan bu odam oilali boʻlib, ish topib, yangi hayotni boshlab yuborgan. 

"Ish boʻlsa — hamma narsa boʻladi"
Olmazor tumanining deyarli uchdan bir qismi - 56tadan 18tasi - prezidentning beshta muhim tashabbusining amalga oshirilishiga va ikkita mahalla "Obod mahalla" obodonlashtirish dasturiga jalb etilgan. Aynan shuning uchun ham, bugunda tuman katta qurilish maydonini eslatadi: koʻp qavatli eskirgan uylar qayta taʼmirlanmoqda, yoʻllar kengaytirilmoqda, bolalar uchun yangi oʻyingohlar oʻrnatilmoqda.  

Hokim tinimsiz telefon qoʻngʻiroqlariga javob berarkan, hovlilarning biridagi ona bilan qizning oldiga bordim. "Tumandagi oʻzgarishlarga qanday qaraysiz?", deb soʻradim.

"Mahallamizni tanib boʻlmaydi. Asosiysi, hamma narsa yaqin. Bolalar bilan uzoqqa borishning hojati yoʻq, bogʻcha deysizmi, maktabmi - hammasi yonimizda", — deydi ayol. Yonidagi 7 yoshlardagi qizchasi oʻyingohga koʻrsatib: "Bolalar hech narsani sindirishmasa boʻldi", deydi.

Stroitelstvo Tsentra islamskoy tsivilizatsii v Almazarskom rayone Tashkenta
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Toshkent shahar Olmazor tumanida Islom tsivilizatsiyasi markazining qurilishi

Yangi obʼyektlar ham qurilmoqda. Olmazor Siti, chinni zavodidan tashqari, bu yil Abdulla Qodiriy nomidagi maktab ochilishi ham rejalashtirilgan. 2020 yilda Gʻalaba istirohat bogʻi ilk tashrif buyuruvchilarni qabul qilishi kutilmoqda. Aynan shu tuman hududida joy topgan Islom tsivilizatsiyasi markazi kabi respublika miqyosi va ahamiyatidagi obʼyektlar oʻz eshiklarini ochadi. 

Stroitelstvo shkolы im. A. Kadыri v Almazarskom rayone Tashkenta
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Toshkent shahar Olmazor tumanida Abdulla Qodiriy nomidagi maktabning qurilishi

Bahaybat rejalarimiz bor, deya tan oladi hokim.

"Bizga yangi uylar, yaxshi yoʻllar va eng asosiysi - yangi ish oʻrinlari kerak. Hozirda eski zavodlarni qayta taʼmirlayapmiz, yangi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyyapmiz, tadbirkorlarni qoʻllashda davom etyapmiz. Ish boʻlsa - byudjetimizda soliq kirimlari koʻpayadi, demakki, infratuzulmamizni rivojlantirish, hamda bugunda shahardagi eng koʻrkam bogʻcha va maktablarimizni taʼmirlash uchun mablagʻimiz boʻladi", – deydi gʻurur bilan Baxtiyor Rahmonov.

Suhbatimiz telefon jarangi bilan kesildi: tuman rahbari prezidentning selektor majlisiga chaqirildi. Hokimning vazifa va rejalari yana ham oshadiganga oʻxshaydi. 

Asosiy mavzular