Barcha AYoQShlarda hojatxonalar qurish majburiy bo‘ladi

© Sputnik / Pavel Bikov / Mediabankka o‘tishMobilnie tualeti
Mobilnie tualeti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilning 1-martidan boshlab barcha AYoQShlarda 24 soat ishlaydigan hojatxonalar bo‘lishi shart – yangi qonun.

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Kelasi 2020-yilning 1-martidan boshlab barcha avtomobillarga yonil-i quyish shaxobchalarida 24 soat ishlaydigan hojatxonlar bo‘lishi shart. Bu haqida Vazirlar mahkamasining yangi qarorida aytib o‘tilgan.

Biotualet v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 61 ta zamonaviy hojatxona quriladi

Undan tashqari AYoQShlarda kichik savdo va ovqatlanish nuqtalari ham tashkil qilinishi kerak.

Ma’lum bo‘lishicha bugungi kunda O‘zbekistonda 4 mingga yaqin AYoQShlar faoliyat yurimoqda, lekin ularning faqat 20%ida hojatxonalar mavjud. Bu o‘z navbatida ham mahalliy aholiga ham mehmonlarga noqulayliklar tug‘diradi. Xorijiy mamlakatlarda AYoQShlar nafaqat yonilg‘i quyadigan, balkim dam olib ovqat yeydigan joy hisoblanadi.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, AYoQShlarda hojatxona bo‘lishi majburiy bo‘ladi, hojatxonasiz AYoQShlar ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kafe va magazin esa – ixtiyoriy.

Shuningdek, 2020-yilning 1-sentabriga qadar har bir hududda bittadan namunali AYoQSh quriladi. Ularning har birida yuqorida qayd etilgan qulayliklar tashkil qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0