00:56 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
49310

Daniyada ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarosi prezident farmoni bilan Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimga tayinlandi

TOSHKENT, 24 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan Daniya qirolligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlayotgan Abdulla Abdisalamovich Azizov Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar qilmoqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga koʻra, Abdulla Azizov ushbu kunga qadar Daniyada “Maersk A/S”, “DONG Energy A/S”, “Carlsberg A/S”, “Implement consulting group”, “Vestas A/S”, “Danfoss” kompaniyalarida Moliyaviy biznes loyihalarini avtomatlashtirish sohasiga yuqori standartlarni joriy qilish sohasida ishlagan.

“Vatandoshimiz ham iqtisodchi, ham IT-dasturchi boʻlganligi uning mehnat faoliyatida yuqori choʻqqilarni zabt etishiga zamin boʻlgan”, - deyilgan xabarda.

A.Azizov bilan bevosita birga ishlagan “Carlsberg A/S” va “Dong Energy A/S” kompaniyasi  rahbariyati uning kompaniyadagi faoliyati haqida iliq fikrlar bildirishgan.

Maʼlumot uchun, Azizov Abdulla Abdisalamovich 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlagan. Oʻqish davomida 2003 yil Yaponiyaning Nagoya universitetida iqtisodiyot yoʻnalishida oʻqigan. 2006 yili Daniyaning Orxus universitetida moliya va xalqaro biznes yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini olgan.

Asosiy mavzular