02:36 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
335 0 0

Ucell kompaniyasi bosh direktori Oʻzbekiston hududida qachon 4G aloqa oʻrnatilishi va sinovdan oʻtkazilayotgan 5G tarmoqlari  haqida hikoya qilib berdi.

TOSHKENT, 26 sen – Sputnik. Ucell uyali aloqa operatori Oʻzbekiston Davlat raqobat qoʻmitasi ixtiyoriga oʻtganiga yaqinda bir yil boʻladi. Shu davr ichida biz, davlat kompaniyasi sifatiti oʻzimizga hech qanday imtiyozlar talab qilmasdan, xususiy aloqa operatori sifatida  ishlayapmiz, deydi Ucell kompaniyasi bosh direktori Vladimir Kravchenko. UzA xabariga asosan. 

Bugungi kunda kompaniya abonentlari soni 7,6 million kishiga teng. Ucell ning 2G tarmogʻi Oʻzbekiston hududining 97 %ni, 3G tarmogʻi 72,6 %ini qamrab olgan. 4G esa yirik shaharlarda 34,7 %gacha, mamlakat boʻylab esa oʻrtacha 9,4 %ni tashkil qiladi.

Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida boʻlib, ular bilan shartnoma imzoladik. Shu yil oxirigacha mamlakatimizdagi butun aloqa tizimini modernizatsiya qilamiz. Barcha hududlarda 4G oʻrnatiladi, - deydi kompaniya direktori. 

Undan tashqari bir viloyatdan boshqasiga oʻtayotgan magistral yoʻllarning ayrim nuqtalarida aloqa umuman yoʻq. Biz bu kamchilikni ham bartaraf etish ustida ishlayapmiz.

Bugungi kunda lunyoda 5G texnologiyasini tatbiq etayotgan davlatlar soni oshib bormoqda. Bu texnologiya oʻzining yuqori tezlikda maʼlumot uzatish imkoniyatlari bilan chindan ham innovatsion hisoblanadi. Endilikda Oʻzbekiston ham ular safidan joy oladi.

Radiotoʻlqinlar boʻyicha Respublika kengashining qaroriga muvofiq, Ucell ga mamlakat hududida 5G texnologiyasi boʻyicha mobil uyali aloqa tarmogʻini tashkil etish uchun 3600-3700 MGts radiotoʻlqinlar kanali ajratildi.

5G tijoriy tarmogʻini rivojlantirish uchun Huawei kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan eng yangi qurilmalar xarid qilinib, mamlakatga kiritildi. Dastlab mutaxassislar kompaniyaning Toshkentdagi bosh ofisi – Ucell Plazada birinchi 5G sinovini oʻtkazdi. Real sharoitda qayd etilgan maksimal tezlik 1 Gbit/s.ga yaqin boʻldi. SpeedTest servisi yordamida amalga oshirilgan oʻlchovlar 1 376 Mbit/s.gacha yuklash tezligini koʻrsatdi.

Toshkentda 5G tarmogʻi birinchi boʻlib  “Tashkent City” xalqaro biznes markazida hududida oʻrnatiladi. Tez orada HD-sifatida bir soatlik filmni yuklab olish uchun sizga bir necha soniya kifoya boʻladi.

Ikkinchi bosqichda sinovdan oʻtkazish tartibida foydalanganlik natijasini inobatga olgan holda Oʻzbekistonning viloyatlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Bugun kompaniyamiz aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Metrotelekom bilan hamkorlikda Ucell uyali aloqa tarmogʻi sinov tariqasida “Chilonzor” tarmogʻining “Mustaqillik maydoni” va “Amir Temur xiyoboni” metro bekatlarida abonentlar 3G va 4G texnologiyalarida mobil aloqaning mavjudligi borasidagi yechimidan foydalanish boshlandi. Endilikda Ucell abonentlari bu ikki metro bekati ichida muloqot qilishi, internetdan foydalanishi mumkin.

Ayni paytda poytaxtdagi barcha metro bekatlarida internetga bepul Wi-Fi texnologiyasi orqali ulanish boʻyicha ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Asosiy mavzular