22:20 05 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Passajirskiy samolet

Oʻzbekiston Suriya va Iroqdan yana 200 dan ziyod fuqarolarini qaytarmoqchi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Jamiyat
Havola olish
24301

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri hozirda bu borada, jumladan, xalqaro miqyosda faol ishlar olib borilayotganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 28 sen — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya raisligida yuqori darajadagi BMT Xavfsizlik kengashi yigʻilishida mamlakat Iroq va Suriyadan 235 kishi qaytishini kutayotganini maʼlum qildi.

Oʻzbekiston TIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining RIA Novostiga maʼlum qilishicha, hozirda bu borada, jumladan, xalqaro miqyosda faol ishlar olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 30 may kuni Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga binoan 156 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelingan edi. Ularning 48 nafari ayollar, 106 nafari bolalar boʻlib, aldov yoʻli bilan Yaqin Sharqdagi qurollangan mojarolar hududiga olib chiqib ketilgan.

Suriyadan qaytarilgan turli ogʻir hayotiy qiyinchiliklarni boshdan kechirgan oʻzbek fuqarolariga respublika hukumati har tomonlama yordam bermoqda. Jumladan, ularning sogʻligʻini qayta tiklash hamda jamiyatga qaytarish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Suriyadan qaytarilgan surxondaryolik ayolga yangi uy-joy berildi

Asosiy mavzular