Jasurbek Ibrohimovning ota-onasi 650 million so‘m tovon puli talab qilmoqda

© NUZ.UZJasurbek Ibragimov
Jasurbek Ibragimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kaltaklanish oqibatida vafot etgan kollej talabasi Jasurbek Ibrohimovning ota-onasi Islom To‘laganov va uning ota-onasidan 652 mln. so‘m talab qilishmoqda.

TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Borovskiy nomli tibbiyot kolleji talabasi, ayovsiz kaltaklanish oqibatida vafot etgan Jasurbek Ibrohimovning ota-onasi – Nilufar Aliyeva va Muhammadjon Tursunovlar uning o‘limida aybdor bo‘lgan Islom To‘laganov va uning ota-onasidan umumiy hisobda 652 mln so‘m tovon puli talab qilishmoqda. Nuz.uz xabari asosida.

Jasur Ibrohimov o‘limida ayblanayotgan Islombek To‘laganovga so‘nggi so‘z berildi - Sputnik O‘zbekiston
Olti yilga qamalgan Islom To‘laganov 1-yil 8 oyda qamoqxonadan chiqdi

Arznomada aytilishiga ko‘ra, ushbu pullarning 151, 7 mln. so‘mi material xarajatlarni qoplash uchun va 500 mln so‘mi – yetkazilgan ma’naviy zarar uchun. Jasurbek Ibrohimovning ota-onasi aytishga qaraganda, mablag‘ undirilgan holda - 500 mln so‘m xayriya maqsadida ishlatiladi. Xususan ushbu pullar Ezgu Amal tashkilotiga o‘tkazilishi mumkin.  

O‘z navbatida Islom To‘laganovning otasi – sobiq advokat Abudjalil Rasulev ushbu arznomaga e’tiroz bildirgan holda, xarajatlar kvitansiyalar bilan tasdiqlanmaganini qayd etgan va Jasurbk Ibrohimovning ota-onasini o‘g‘lining vafotidan daromad olishga urinishda aybladi.

Eslatib o‘tamiz, butun O‘zbekistonni larzaga solgan  ushbu mudhish voqea 2017-yilda sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Borovskiy nomli tibbiyot kolleji talabasi Jasurbuk Ibrohimov, bir guruh kishilar tmonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgan edi. Shu yilning oktabr oyida Mirobod tuman sudi ushbu jinoyatda aybdorlikda faqat bir kishini – Islom To‘laganovni aybdor deb topib, uni 6-yilga ozodlikdan mahrum etgan edi. Lekin, oradan bir yil o‘tib 2018-yilning dekabr oyida Navoiy shahr sudi To‘laganov jazo turini o‘zgartirib, qamoq jazosini majburiy mehnat jazosiga almashtirgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0