Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarni tabrikladi

© press-slujbaShavkat Mirziyoyev vruchil gosudarstvennie nagradi
Shavkat Mirziyoyev vruchil gosudarstvennie nagradi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘qituvchilar kuni munosabati bilan prezident o‘zbekistonlik ustoz va murabbiylarni tabriklab va 100 dan ortiq xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchilarni mukofotladi.

TOShKENT, 29 sen - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchilarini kasb bayrami bilan tabrikladi. 

Avvalo, siz, azizlarni, ta’lim-tarbiya sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog xodimlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

"Ushbu qutlug‘ ayyomda barchamiz bizga ilm o‘rgatgan, hayot sabog‘ini bergan jonkuyar, fidoyi o‘qituvchi va domlalarimizga chuqur hurmat bajo keltirib, chin dildan ta’zim qilamiz", - deyilgan prezident tabrik so‘zida. 

Biz xalqimizning eng katta boyligini – millionlab farzandlarimiz, jondan aziz o‘g‘il-qizlarimizning taqdirini, O‘zbekiston istiqbolini sizlarga ishonib topshirganmiz. Va bu vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotgan sizlar kabi fidoyi insonlar, kelajak bunyodkorlariga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi.

Urok v uzbekskoy shkole - Sputnik O‘zbekiston
XTV: o‘qituvchilar kuniga deb, imkoniyati yo‘qlardan majburan pul yig‘ish noto‘g‘ri

Sizlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar kuni munosabati bilan 100dan ortiq o‘qituvchilarni Mukofotladi. 

Xususan,"O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi"yuksak unvoni Kuziyeva Karomat Mamitjanovna (Sirdaryo viloyati) va Sobirov Axmed Yuldashevichga (Xorazm viloyati) berili. 

Shuningdek, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi" unvoniga Tursunova Maxbuba Mirzaxojoyevna (Farg‘ona viloyati) va Qosimov Isam Jo‘rayevich (Jizzax viloyati) munosib deb topildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev o‘qituvchilar maoshi va nufuzini yanada oshirmoqda

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" unvoniga Zakirov Alimjon  hamda Kuchkarova Gulnara Maraimovnalar munosib topildi.  

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" unvoni bilan Abunasova Roziya To‘rayevna va Xolodova Natalya Yuryevnalar taqdirlandi. 

Undan tashqari "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan 5 nafar o‘qituvchi, "Mehnat shuhrati"  ordeni bilan 19 nafar o‘qituvchi va II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan 7 nafar o‘qituvchi taqdirlandi. 

"Do‘stlik" ordeni bilan - 24 kishi, "Shuhrat" bedali bilan 67 kishi mukofotlandi. 

Prezident tabrigining to‘liq matni va mukofotlangan o‘qituvchilar to‘liq ro‘yxati bilan matbuot xizmati sahifasida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0