07:46 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Portfeli

Faxriy unvonlarga ega sportchilar hokim maslahatchilari boʻladi

© Sputnik / Sergey Subbotin
Jamiyat
Havola olish
8210

Faxriy unvonlariga ega boʻlgan sportchilar, Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon chempionati, Oʻzbekiston chempionati sovrindorlari Andijon viloyati tuman (shahar) hokimlariga jamoatchilik asosida jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha maslahatchi etib biriktiriladi.

TOSHKENT, 1 okt – Sputnik. “Andijon viloyatida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish tizimini takomillashtirish hamda sport inshootlari quvvatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi” unvoniga, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi”, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvonlariga ega boʻlgan sportchilar, Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon chempionati, Oʻzbekiston chempionati sovrindorlari Andijon viloyati tuman (shahar) hokimlariga jamoatchilik asosida jismoniy tarbiya va sport masalalari boʻyicha maslahatchi etib biriktiriladi.

Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishi mavjud oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilarining mazkur qarorda belgilangan oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida pedagogik amaliyot oʻtashi tashkil etiladi.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Andijon davlat universitetining sirtqi boʻlimida “Sport faoliyati” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Asosiy mavzular