21:26 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Robot-pauk, 3D printer i drugiye izobreteniya tashkentskix shkolnikov

Maktabdan tashqari taʼlim: davlat-xususiy sheriklik amalda

UzA
Jamiyat
Havola olish
96 0 0

Oʻzbekistonning maktabdan tashqari taʼlim tizimini qanday oʻzgarishlar kutmoqda, yangi loyihalarni joriy etish uchun mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo va jihozlar nimaning hisobidan toʻldiriladi - bu va boshqalar taʼlim sohasidagi yangi qarorda.

TOSHKENT, 1 okt - Sputnik.Oʻzbekistonda yoshlarning maktabdan tashqari taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarga bagʻishlangan prezident qarori qabul qilindi. Qaror matni OʻzAda eʼlon qilindi.

Qarorning asosiy maqsadi sifatida oʻquvchi-yoshlarda yuksak maʼnaviy fazilatlarni kamol toptirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yoʻnaltirish orqali mustaqil hayotga tayyorlash kabilar qayd etilgan. Buning amaliy tadbirlari sifatida, respublika boʻylab mavjud markazlar negizida Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktablari, “Bolalar kutubxonalari”, 2020-2023 yillarda Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida tizimli ravishda bolalar turizmini rivojlantirish maqsadida 100-200 oʻrinli “Bolalar sayyohlik bazalari”ni tashkil etish belgilangan.

Bu yoʻnalishda asosiy vazifalar qatorida, shu jumladan, dunyo bozoriga “Barkamol avlod” bolalar maktablarining toʻgarak aʼzolari tomonidan yaratilgan mahsulotlarni olib chiqish maqsadida “Art shop” elektron doʻkonlarini tashkil etish va sotuvini yoʻlga qoʻyish; “Barkamol avlod” bolalar maktablarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Bolalar texnoparki” loyihalarini tashkil etish; “Barkamol avlod” bolalar maktablarida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab “STEAM – taʼlim” (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – muhandislik, Art – sanʼat, Mathematics – matematika) dasturini joriy etish kabilar koʻrsatib oʻtilgan. 

Xalqaro robotchilar chempionatda Oʻzbekiston ilk medalni qoʻlga kiritdi

“Barkamol avlod” bolalar maktablarini 2024 yilga qadar 50 % oliy maʼlumotli mutaxassislar bilan toʻldirish; oʻquvchilarni “Barkamol avlod” bolalar maktablariga qamrab olish darajasini 10,5 %ga, ulardagi robototexnika va muhandislik toʻgaraklari ulushini 10 %ga yetkazish; mazkur maktablar, “Bolalar kutubxonalari” va maktab kutubxonalarini  keng polosali Internet tarmogʻiga ulash; sherik sarmoyadorlar va tadbirkorlarni jalb qilgan holda davlat muassasalari tomonidan taʼlim laboratoriyasi, robot dunyosi va turli ijodkorlik yoʻnalishlarini qamrab olgan “Kids makon” biznes loyihasini amalga oshirish kabi dolzarb maqsadli vazifalar ham qarorda tasdiqlab berilgan.

Prezident maktablariga imtihon ikki bosqichda oʻtkaziladi

Bu kabi taʼlim muassasalari xodimlarining 2020 yil 1 yanvardan boshlab “A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti”da qayta tayyorlanishi va malakasi oshirilishi koʻzda tutilgan.

Oʻquv mashgʻulotlarda foydalanish hamda innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish yuzasidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan, xorijdan olib kelinadigan xomashyo va jihozlar davlat buyurtmalari qatoriga kiritilib, ularni xarid qilish uchun imtiyozli shartlar asosidagi xorijiy kreditlar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlar faollashtirilishi belgilangan.

Asosiy mavzular