20:48 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Djaxongir Artыkxodjayev vruchil boksyoru Baxodiru Jalolovu klyuch ot kvartirы v Tashkente.

Bokschi Bahodir Jalolovga Toshkentdan uy sovgʻa qilindi

© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent.
Jamiyat
Havola olish
27310

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha jahon chempionatining eng yaxshi sportchisi deb topilgan Bahodir Jalolovga prezident sovgʻasini topshirdi.

TOSHKENT, 1 okt - Sputnik. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon chempionati oltin medal sovrindori Bahodir Jalolovga prezident sovgʻasi topshirildi.

Toshkent shahar hokimligi xabariga koʻra, uning chempionatda erishgan gʻalabasi, sportdagi yutuqlari eʼtirof etilib, Toshkent shahri Qori Niyoziy koʻchasida joylashgan uy-joylardan biri Jahongir Ortiqxoʻjayev tomonidan tantanali ravishda topshirilgan.

Djaxongir Artыkxodjayev vruchil boksyoru Baxodiru Jalolovu klyuch ot kvartirы v Tashkente.
© Press-slujba xokimiyata g. Tashkent.
Bokschi Bahodir Jalolovga Toshkentdan uy sovgʻa qilindi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yekaterinburgda boʻlib oʻtgan JChda oltin medalni qoʻlga kiritgan Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov va Bahodir Jalolovlarga "Treker" avtomobili, kumush va bronza medali sohiblari Dilshodbek Roʻzmetov va Bobousmon Baturovlarga "Jentra" avtomobillari kaliti topshirilgani xabar qilingan edi.

9-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallagan edi.

Asosiy mavzular