Namangan ko‘chalarini suv bosdi

Obuna bo‘lish
Kecha bo‘lib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng Namangan shahrining ayrim ko‘chalari suvga to‘ldi. Avtomobillar o‘tishga qiynalmoqda.

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Bo‘lib o‘tgan kuchli yomg‘irdan so‘ng Namangan shahrining ayrim ko‘chalarini suv bosdi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari xabar qilmoqda. 

"Namanganliklar" guruhida tarqalgan videoga ko‘ra, kecha yoqqan yomg‘ir oqibatida ko‘chalarning birida suv to‘lgan. Natijada avtomobillar o‘tishga qiynalmoqda.

“Namangan shahar “O‘n bir Ahmad” tarafdagi temir yo‘li ko‘prigi tarafdan moshinalar o‘tishga qiynalmoqda. Tavakkal qilib o‘taman desangiz, o‘tavering, lekin yo‘lning o‘rtasiga kelib o‘chib qolish xavfi bor”, deb yozgan video muallifi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarida, hatto poytaxt Toshkentda ham tartibsiz qurilgan binolar tufayli ariqlar berkilib qolgani, drenaj tizimi noto‘g‘ri qurilgani yoki shikastlangani tufayli yomg‘irdan so‘ng ko‘chalar suvga to‘lib qolmoqda. Har yil ushbu ko‘ngilsizlikni oldini olishga xarkat qilinsada, hozircha natija qoniqarli emas. 

 

Yangiliklar lentasi
0