Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati tasdiqlandi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishNarkoticheskie veshestva v tabletkax
Narkoticheskie veshestva v tabletkax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror bilan, 78 turdagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati hamda jinoiy harakatni tasniflashda ushbu moddalarning ko‘p miqdor ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan, 78 turdagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxati hamda jinoiy harakatni tasniflashda ushbu moddalarning ko‘p miqdor ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Tabletki tramadola - Sputnik O‘zbekiston
Narkolog: "Tramadol” giyohvand moddalarga o‘xshaydi – ilk iste’moldan tobelik paydo bo‘ladi

Shuningdek, qaror bilan ushbu ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash ekspert guruhi tarkibi tasdiqlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tashkilotlar hamda axborot vositalarining kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni sotish hamda ularning noqonuniy muomalasi bo‘yicha axborotini, dori vositalarini notibbiy maqsadlarda iste’mol qilish monitoringi natijalarini ko‘rib chiqish Ekpert guruhining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ekspert guruhi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

Yangiliklar lentasi
0