20:32 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
29110

Toshkentda Rossiyadan olib kelingan yangi metro vagonlari taqdim etildi. Kelajakda jami 200ta vagonda iborat 45ta ana shunday sostav sotib olish rejalashtirilgan

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Oʻzbekiston temir yoʻllari Toshkentda qurilayotgan yer usti metropoliteni uchun sotib olingan zamonaviy poyezdlarni taqdim etdi.

V Tashkente prezentovali novыe vagonы metro

Toshkent temir yoʻl vokzalida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda Rossiyaning “Transmashxolding” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 81-765.5/766.5/767.5 modelidagi 5 ta poyezd taqdim etildi.

“Maʼlumki yil oxiriga qadar Toshkent metrosining Yunusobod va Sergeli yoʻllari foydalanishga topshiriladi. Shuningdek halqa yoʻlining birinchi bosqichi ham. Yangi yoʻnalishlarda foydalanish uchun OʻTY Rossiyaning “Metrovagonmash” zavodidan har biri 4 vagondan iborat 5ta sostav sotib oldi. Kelajakda jami 200ta vagonda iborat 45ta ana shunday sostav sotib olish rejalashtirilgan”, - dedi Toshkent metropoliteni boshligʻi Oybek Xudoyqulov.

Xabrda aytilishiga koʻra, ushbu poyezdlar yangi texnik yechimlar asosida qurilgan boʻlib ular elektr energiyasini 35 %gacha  tejaydi. Uchinchi avlod sinxron tortuvchi dvigatellar ekspluatatsiya xarajatlarini 40 %gacha qisqartiradi. Shuningdek yangi poyezdalar yoʻlovchilar uchun qoʻshimcha qulayliklarga ega:

  • vagonlar orasidagi germetik «garmoshka» koʻrinishidagi oʻtish joylari yoʻlovchilar uchun poyezdning boshdan oxirigacha oʻtish imkonini beradi va bu bilan harakat tarkibining sigʻimini oshiradi;          
  • yoʻlovchilar saloniga toʻrt tomondan avtomatik va ikki qavatli eshiklar oʻrnatilgan. Eshiklar 12 foizga kengaytirilgani yoʻlovchilarning tasodifan qisilib qolishining oldini oladi;
  • salondagi konditsioner isitish va shamollatishni taʼminlab turadi. Shuningdek, shiftda maxsus himoya qutilari ichida joylashgan va havoni ultrabinafsha lampalar yordamida zararsizlantirish tizimi qoʻllanilgan;
  • har bir vagon telekanallar translyatsiyasi imkoni bilan birga yoʻlovchilarga zamonaviy maʼlumot uzatish tizimi bilan taʼminlangan;
  • sostav vagonlari videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, har bir vagonda shift kameralari, shuningdek, shoshilinch aloqa bloklari ustida ham kameralar bor, yongʻinni avtomatik payqash va oʻchirish tizimi ham mavjud;
  • mashinist kabinasida yoʻllar hamda harakatlanuvchi sostav vagonlari eshiklarini nazorat qiluvchi videokuzatuv tizimi monitori joylashgan.

Shuningdek, yangi vagonlar issiq va sovuq hamda shovqindan himoya qilish uchun 2 qavatli oynalar bilan jihozlangan boʻladi. Vagon chiroqlari yoʻlovchilar kayfiyatiga mos ravishda yonadigan boʻladi.

Asosiy mavzular