09:48 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (39)
104031

Rossiya Federal majlisi Federatsiya kengashi raisining soʻzlariga koʻra, hozir Oʻzbekiston hukumati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilish masalasini ishlab chiqmoqda.

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq berdi.

RIA Novosti xabar qilishicha, bu haqda Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

“Oʻzbekiston prezidenti qaror qabul qildi va hozir Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilish masalasi ishlab chiqilmoqda”, - deb taʼkidladi Matviyenko.

Matviyenko Oʻzbekiston YEOIIga aʼzo boʻlishi kechiktirmasdan amalga oshirilishiga umid bildirdi. Rossiya yevroosiyo oilasi doirasida Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish imkoniyatidan mamnun boʻladi.

“Agar bu amalga oshsa, shubhasiz, bu juda ulkan ish boʻladi, chunki u xalqaro amaliyotga mos keladi va globallashuv jarayonlarini hisobga oladi”, - deb qoʻshimcha qildi Rossiya Federatsiya kengashi raisi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Yevroosiyo ittifoqiga qoʻshilgandan soʻng, Rossiya ushbu mamlakat bilan ikki tomonlama hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlarga ega boʻlishini va "davlatlararo munosabatlarda mavjud boʻlgan maʼlum toʻsiqlar" olib tashlanishi taʼkidlab oʻtildi.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (39)

Asosiy mavzular