07:09 09 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

Toshkentda xalqaro kitob yarmarkasi ochildi

Allamjonov
Jamiyat
Havola olish
83 0 0

Toshkentda Buyuk Britaniya, Rossiya, Germaniya va boshqa davlatlardan kelgan nashriyotlar ishtirokida kitob yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Bugun Toshkentda “Tashkent Book Fest” - xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi boshlandi.

Oʻzbekistonda ilk marotaba oʻtkazilayotgan ushbu yirik madaniy tadbirda yetti mamlakat — Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozogʻiston, Koreya, Qirgʻiziston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya davlatdan 16 ta nashriyot va kitob savdo tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.

V Tashkente nachalas mejdunarodnaya knijnaya vыstavka

Koʻrgazma ochilish marosimiga Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi raisi Komil Allamjonov ham tashrif buyurdi.

“Mazkur xalqaro koʻrgazma-yarmarka nafaqat kitoblar namoyishi, balki soha xodimlari va ishtirokchilar uchun oʻzaro tajriba almashish, hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bir soʻz bilan aytganda, yangi texnika va texnologiyalarni, yangicha yondashuvlarni joriy etishda yana bir muloqot maydoni boʻlib xizmat qiladi, deb oʻylayman”, - dedi Allamjonov.

V Tashkente nachalas mejdunarodnaya knijnaya vыstavka

Xalqaro kitob koʻrgazmasi 4 oktyabrga qadar davom etadi.

Asosiy mavzular