07:07 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Uzbekskiye avialinii poluchili pyatыy Boeing 787-8 Dreamliner

Xorijiy mehmon Oʻzbekiston havo yoʻllarini tanqid qildi

NAK
Jamiyat
Havola olish
939 0 0

Qozogʻistonlik sayyoh Oʻzbekiston Havo yoʻllari hamda Samarqand va Toshkent aeroportlarni kesin tanqid qildi.

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Oʻzbekistonga sayyohlik maqsadida kelgan qozogʻistonlik Sholpan Yesmuxambetova ismli ayol Oʻzbekiston havo yoʻllari, Samarqand va Toshkent aeroportlari hamda Toshkent  aeroportidagi valyuta ayirboshlash shaxobchasini keskin tanqid qildi.

Hammasi Samarqandda boshlandi. Tun soat 2da Toshkentga uchish uchun aeroportga kelgan sayyoh u yerda samolyot yoʻqligidan xabar topadi. Qandaydir sababga koʻra samolyot Turkiyada ushlanib qolgan. Shundan soʻng u Samarqand aeroportida sarosimaga tushib qolgan bir guruh xorijiy turistlarni ham koʻradi.

Bir iloj bilan aeroport kassasidan 60 ming soʻm tovon puli olib mehmon taksilar stoyankasiga boradi va Toshkentga yetib keladi. Toshkent aeroportida byumlarini vaqtincha saqlash xonasiga qoʻyib oʻz ishlari bilan shaharga chiqmoqchi boʻlganida, aeroportda umuman saqlash xonasi yoʻqligidan xabar topadi.

Buyumlarini aeroport smenasi boshligʻi xonasiga qoldirib pul almashtirmoqchi boʻladi. Lekin bu yerda ham mehmonni “syurpriz” kutayotgan edi. 24 soat ishlashi kerak boʻlgan valyuta ayirboshlash shaxobchasida hech kim yoʻq edi. Ayol bir guruh turistlar bilan kechikayotgan Milliy bank xodimini kutib turishiga toʻgʻri keladi.

Hikoya oxirida, Oʻzbekiston hukumati turistlarni jalb qilishga bor kuchi bilan harakat qilayotgan bir paytda aviakompaniya va aeroportlar bunday ishlashi mutlaq aksincha natijaga olib keladi, deb xulosa qilgan qoʻshni davlatdan kelgan mehmon.

Oʻz navbatida Oʻzbekiston havo yoʻllari ham yoʻlovchining ushbu eʼtirozlariga javob qaytargan. Aviakompaniya haqiqatdan ham Istambul – Samarqand parvozi texnik sabablarga koʻra ushlab qolinganini va shu sababli Samarqand – Toshkent parvozi amalga oshirilmaganini aytib yoʻlovchidan oʻzr soʻragan.

Shu bilan birga aviakompaniya shunday vaziyatlarda yoʻlovchiga koʻrsatilishi kerak boʻlgan barcha xizmatlar koʻrsatilganini va taklif qilinganini ham aytib oʻtgan.

Asosiy mavzular