22:02 05 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Valentina Matviyenko pobыvala v prezidentskoy shkole

Valentina Matviyenko Toshkent shahridagi prezident maktabini borib koʻrdi

Informatsionnaya slujba Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Jamiyat
Havola olish
145 0 0

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev endi chet eldan kelgan nufuzli mehmonlarga katta-katta zavodlar emas, prezident maktablari koʻrsatilishini taʼkidlagan edi.

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Rossiya spikeri Valentina Matviyenko Oʻzbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva hamrohligida Toshkent shahridagi prezident maktabini borib koʻrdi.

Mehmonlarga mazkur davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasasining faoliyati haqida batafsil axborot berildi. Maktab Oʻzbekiston prezidentining joriy yil fevral oyida imzolangan qaroriga muvofiq shu yil sentyabr oyida ochilgani qayd etildi. 168 oʻquvchiga moʻljallangan oʻquv korpusi va yotoqxona, shuningdek, oʻqituvchilar uchun 15 oʻrinli mehmonxona qurildi. Maktab fanlarni zamonaviy uslubda oʻqitish uchun darsliklar va qoʻllanmalar bilan taʼminlangan.

Oʻqituvchilarni saralab olishga alohida eʼtibor qaratildi. Ularning 30 nafari xorijlik mutaxassislar, 72 nafari mamlakat oʻqituvchilaridir.

Oʻquvchilarning qiziqishi va qobiliyatiga qarab 9−11-sinflarda oʻqish jarayonini yakka tartibda tashkil etish koʻzda tutilgan. Prezident maktabi internat sifatida faoliyat olib boradi, yaʼni oʻquvchilar 5 kun ichida maktab hududida (kampusda) yashab tahsil oladi. Dam olish kunlari oʻquvchilarning ota-onalari bolalarini uylariga olib ketadi. 

Prezident maktablari tarbiyalanuvchilari bepul maktab formasi va oziq-ovqat bilan taʼminlangan. Prezident maktablarida STEAM taʼlim dasturi boʻyicha oʻqitiladi (Science – tabiiy fanlar, Technology – texnologiyalar, Engineering – texnik ijod, Art – sanʼat, Mathematics – matematika). Bu isteʼdodli yoshlarga firklash, iroda, ijodiy salohiyat va moslashuvchanlikni yanada rivojlantirish imkonini beradi. Bu yoʻnalishlar boʻyicha darslar davlat tilida olib boriladi. 

Tashrif davomida prezident maktablarining faoliyati mamlakatni yanada rivojlantirishga alohida hissa qoʻshadigan oliy maʼlumotli, isteʼdodli yoshlarning yangi avlodini tarbiyalash imkonini berishi taʼkidlandi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida ochilgan ilk prezident maktabiga tashrif buyurib, endi chet eldan kelgan nufuzli mehmonlarga katta-katta zavodlar emas, prezident maktablari koʻrsatilishini taʼkidlagan edi.

Asosiy mavzular