23:55 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Prodaja ukrasheniy. Arxivnoye foto

Zargarlik buyumlarini olib kirish va sotishga doir hukumat qarori tasdiqlandi

© Foto : PUBLIC DOMAIN
Jamiyat
Havola olish
198 0 0

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

TOSHKENT, 2 okt – Sputnik. Hukumat qarori bilan Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Davlat soliq qoʻmitasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import va realizatsiya qilish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.

Ushbu maʼlumotlar asosida tadbirkorlarning hisobotlari, shuningdek, soliq toʻlovchilarning majburiyatlari paydo boʻlishi (tugatilishi) toʻgʻrisida tegishli tashkilotlardan olingan maʼlumotlar bilan solishtirish orqali kameral nazorat oʻtkaziladi.

Kameral nazorat natijasida tafovut aniqlansa, soliq toʻlovchiga uning hisobotlariga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan talabnoma yuboriladi.

Tadbirkorlarning faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilsa, materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

Asosiy mavzular