16:10 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Pustoy klass

XTV Fargʻonadagi maktabda oʻquvchilarning polda dars oʻtayotgani boʻyicha munosabat bildirdi

Sputnik / Pavel Lisitsыn
Jamiyat
Havola olish
16710

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi maktabda 1-sinf oʻquvchilarining polda dars oʻtayotgani aks etgan surat tarqalgan edi.

TOSHKENT, 3 okt – Sputnik. Fargʻona shahridagi 24-umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarning polda oʻtirgani aks etgan suratdagi holat viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi, viloyat va shahar hokimiyati hamda boshqa tashkilot mutasaddilari tomonidan oʻrganib chiqildi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, maktabdagi barcha sinflarda darslar belgilangan jadval asosida oʻz vaqtida oʻtilmoqda. Oʻquvchilarga joy yetishmasligi muammosi yoʻq. 1-sinflarda ham odatdagi tartibda dars oʻtilmoqda.

Maktab direktori Ixtiyor Mamajonovning taʼkidlashicha, taʼlim muassasasida 2 oktyabr kuni eski partalar yangilariga almashtirilgan. Yangilari qoʻyilguncha ayrim xonalarda partalar boʻlmagan va internetda tarqalgan surat shu jarayonda olingan. Sinfda partalar 20 daqiqa davomida boʻlmagan. Hozirda sinfxonalar parta va stullar bilan toʻliq taʼminlangan.

Maʼlumot uchun, 24-umumtaʼlim maktabi binosi 1973 yilda 1250 oʻringa moʻljallab qurilgan. Maktab 2018 yilda Davlat investitsiya dasturi asosida mukammal taʼmirlangan. Barcha zarur oʻquv jihozlari va mebellar bilan toʻliq taʼminlangan. Ayni paytda maktabda 2635 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda.

Asosiy mavzular