Chorva hayvonlarini sug‘urta qilish tartibi belgilandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishKozlyata ot kozla Timura
Kozlyata ot kozla Timura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sug‘urta qildiruvchining arizasi va taqdim etilgan tegishli hujjatlarga asosan sug‘urta tovoni to‘lab beriladi.

TOShKENT, 3 okt - Sputnik. Hukumat qarori bilan “Aholi xonadonlarida va chorvachilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda parvarish qilinayotgan chorva hayvonlarini sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, chorva hayvonlarini sug‘urtalash uchun sug‘urta qildiruvchi ning og‘zaki yoki yozma murojaati bo‘yicha ixtiyoriy ravishda sug‘urtalovchi bilan shartnoma tuziladi.

Gendirektor Natsionalnogo soyuza proizvoditeley govadini Roman Kostuk - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga qanday chorvachilik modeli kerak  – ekspert fikri

Sug‘urta qildiruvchi sug‘urta mukofoti to‘laydi va unga sug‘urta polisi beriladi.

Sug‘urta hodisasi (sug‘urtalangan hayvonning nobud bo‘lishi, o‘g‘irlanishi va majburan so‘yilishi)  ro‘y berganda bu haqda dalolatnoma tuziladi.

Sug‘urta qildiruvchining arizasi va taqdim etilgan tegishli hujjatlarga asosan sug‘urta tovoni to‘lab beriladi.

Yangiliklar lentasi
0