15:31 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Tonirovannoye steklo avtomobilya

Ruxsatnomasiz tonirovka uchun jarima miqdoriga oʻzgartirish kiritiladi

CC0 / pixabay
Jamiyat
Havola olish
78421

Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 126-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida” qonun loyihasini tayyorladi.

TOSHKENT, 3 okt – Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 126-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida” qonun loyihasi tayyorlandi.

Hujjatga koʻra, MJTKning 126 – moddasini quyidagi tahrirda bayon etish taklif etilgan.

“126-modda. Koʻzgusimon oynali, tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish, shuningdek transport vositalari oynalarini ruxsatnomasiz tusini oʻzgartirish (qoraytirish)

Texnik reglamentga muvofiq boʻlmagan koʻzgusimon oynali, tevarak-atrofni koʻrishni cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, xuddi shuningdek transport vositalarining orqa yoki old yon oynalarini tegishli ruxsatnomasiz tusini oʻzgartirish (qoraytirish), –

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi;

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Transport vositalarining orqa va old yon oynalarini tegishli ruxsatnomasiz tusini oʻzgartirish (qoraytirish), –

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, –

bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.”

Ushbu qonun qabul qilinsa, moddaning birinchi qismi boʻyicha huquqbuzarlikka yoʻl qoʻyganlar 2,2 mlndan 3,3 million soʻmgacha, ikkinchi qismi boʻyicha esa 11,2 mln soʻmdan 15,6 mln soʻm atrofida jarima toʻlashi kerak boʻladi.

Hujjat 17 oktyabrgacha muhokama qilinadi.  

Asosiy mavzular