15:53 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Generalnыy sekretar Tyurkskogo soveta Bagdad Amreyev sovershil pervыy rabochiy vizit v Tashkent

Turkiy kengash bosh kotibining Toshkentga tashrifi kutilmoqda

Turkkon
Jamiyat
Havola olish
144 0 0

Qayd etish kerakki, bu Kengash bosh kotibi Bagʻdod Amreyevning Toshkentga soʻnggi uch oydagi ikkinchi tashrifi boʻlmoqda.

TOSHKENT, 3 okt — Sputnik. 2019 yilning 3-6 oktyabr kunlari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining bosh kotibi Bogʻdod Amreyev Oʻzbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Tashrif doirasida B.Amreyev Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Savdo-sanoat palatasida uchrashuvlar oʻtkazadi. Respublikada ilk marotaba boʻlib oʻtadigan Kengashning Ishbilarmonlar kengashi majlisida hamda Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya tadbirkorlari ishtirokidagi Investitsion biznes forumida ishtirok etadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston mazkur yilning 16 sentyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish toʻgʻrisidagi Naxichevan bitimini ratifikatsiya qildi.

Oʻtgan yili sentyabrda esa Oʻzbekiston prezidenti Cholpon-Otada (Qirgʻiziston) boʻlib oʻtgan mazkur Kengashning navbatdagi yigʻilishda faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Qayd etish joizki, Kengash tashkil etilganidan beri bu Oʻzbekiston rahbarining ilk ishtiroki boʻldi.

Senat Turkiy kengashga qoʻshilish haqidagi qonunni maʼqulladi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi xalqaro hukumatlararo tashkilot boʻlib, faoliyatining asosi turkiy tilli mamlakatlar oʻrtasida doʻstlik va qoʻshnichilikni mustahkamlash, hududda va jahonda tinchlikni saqlash, xavfsizlik va oʻzaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.

Asosiy mavzular