22:02 05 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
xalyal

Samarada musulmonlar Butunjahon halol kunini nishonlashdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid
Jamiyat
Havola olish
205 0 0

Butunjahon halol kuni oltinchi marta nishonlanmoqda, bu yil ilk bor bayram maydoni sifatida Rossiya tanlandi.

TOSHKENT, 3 okt – Sputnik. Bugun Samarada musulmonlar Butunjahon halol kuni nishonlashdi.

Xalqaro tadbir 5 oktyabrgacha davom etadi, unga dunyoning 20 tadan ortiq davlatdan vakillar tashrif buyurdi.

Butunjahon halol kuni oltinchi marotaba nishonlanmoqda, bu yil ilk bor bayram maydoni sifatida 20 milliondan ortiq musulmon yashaydigan mamlakat - Rossiya tanlandi.

Bundan avval tadbir Buyuk Britaniya, Hindiston, Janubiy Koreya, Singapur va Xorvatiyada oʻtkazildi. Samarada 500 dan ortiq ishtirokchi – yirik chakana savdo tarmoq rahbarlari, ishbilarmonlar, Fors koʻrfazi, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrika, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlarning moliya sohasidagi mutaxassislari yigʻilishi kutilmoqda.  

Uch kun davomida halol sanoatining holati muhokama qilinadi va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda oʻzaro tajriba almashiladi.

Bundan tashqari, Kuybishev maydonida halol sifatiga mos mahsulot va xizmatlarning xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Eslatib oʻtamiz, rossiyalik halol ishlab chiqaruvchilar koʻplab musulmonlar yashaydigan Markaziy Osiyo bozorlariga qiziqish bildirishgan. Ular hatto Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistondagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlashishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Asosiy mavzular