18:59 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
22440

Filialda zooinjeneriya, veterinariya meditsinasi, veterinariya-sanitariya ekspertizasi hamda veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari bakalavr yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

TOSHKENT, 4 okt - Sputnik. Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialini tashkil etish toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filiali institutning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.

Filialda quyidagi bakalavr yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:

  • zooinjeneriya;
  • veterinariya meditsinasi;
  • veterinariya-sanitariya ekspertizasi;
  • veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari.

Filialda oʻquv jarayoni 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi va qabul qilinadigan talabalar soni respublika OTMlariga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Eslatib oʻtamiz, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti oʻtgan yilning may oyida Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti negizida tashkil etilgan edi.

Asosiy mavzular