23:03 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Posetiteli katayutsya na attraktsione

Hokimlik: Namangandagi barcha attraktsionlar texnik koʻrikdan oʻtkaziladi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy
Jamiyat
Havola olish
110 0 0

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bogʻida 18 yoshli qiz yangi attraktsionni sinovdan oʻtkazish vaqtida halok boʻlgan edi.

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Namangan viloyati hokimligi viloyatdagi barcha attraktsionlar texnik koʻrikdan oʻtkazilishi haqida maʼlum qildi.

Namangan viloyati hokimligi 2019 yil 30 sentyabr kuni Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bogʻida qurilishi toʻliq bitkazilmagan “Spin block” attraktsioniga sinovdan oʻtkazilayotgan vaqtda ruxsatsiz chiqib olishi natijasida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa tufayli hayotdan koʻz yumgan 18 yoshli E.X. oilasiga va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Taʼkidlanishicha, fojia qurboni boʻlgan yosh qiz, bogʻdagi suv havzasi qutqaruvchisi sifatidagi ish joyini tashlab, sinov tariqasida harakatlantirilayotgan attraktsionga texnika xavfsizligi qoidalarini buzgan holda chiqqan va bu baxtsiz hodisa roʻy bergan. Ish joylarida texnika xavfsizligini taʼminlash borasida viloyatda olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish kerakligini koʻrsatadi.

Viloyat hokimligi tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda sodir boʻlgan holat yuzasidan atroflicha oʻrganish olib borilmoqda.

“Shu bilan birga, soʻnggi paytlarda respublikamizning boshqa joylarida ham istirohat bogʻlarida faoliyat olib borilayotgan attraktsionlarda koʻngilsiz holatlar yuz berayotganini hisobga olgan holda, Namangan viloyatida mavjud barcha attraktsionlarni navbatdan tashqari texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma berildi”, - deyiladi xabarda.

Samarqandda qiz nega katta tezlikdagi attraktsiondan qulab tushgani maʼlum boʻldi – video

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namangandagi “Afsonalar vodiysi” bogʻida 18 yoshli qiz sinovdan oʻtkazilayotgan attraktsionga ruxsatsiz chiqqani va baxtsiz hodisa tufayli vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular