23:28 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Uchastniki meropriyatiya

“Tanish-bilishchilik yoʻq”: davlat xizmatchilari tanlov asosida ishga olinadi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Jamiyat
Havola olish
126020

“Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident farmoni qabul qilindi.

TOSHKENT, 5 okt - Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba tariqasida ayrim davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va hududlarda, 2021 yil 1 yanvardan boshlab esa respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat xizmatiga qabul ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshiriladi.

Endilikda, davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilish va xizmatchilarning xizmat boʻyicha oʻsib borishi bilan bogʻliq faoliyatda nomzodlarni adolatli baholab borish va ular orasidan eng munosiblarini tanlashga qaratilgan meritokratiya tamoyili qoʻllaniladi.

Shuningdek, farmonga asosan davlat fuqarolik xizmati xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yagona tizimi joriy etiladi.

Farmon bilan, prezident huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Prezidentning davlat xizmati va vakillik organlari bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi bir paytning oʻzida Agentlik direktori hisoblanadi.

Shu bilan birga, ushbu Agentlik huzurida Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi.

Asosiy mavzular