09:06 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Vpervыe v masshtabe Ministerstva oboronы provedeno sorevnovaniye “Razvedыvatelnыy reyd”

Ilk bor oʻtkazilgan “Razvedka reydi” musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.
Jamiyat
Havola olish
207 0 0

Jizzaxdagi “Forish” togʻ-dala oʻquv maydonida razvedka boʻlinmalari oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur musobaqada jami 11 ta jamoa ishtirok etdi.

TOSHKENT, 5 okt - Sputnik. Mudofaa vazirligi razvedkachilari oʻrtasida ilk bor “Razvedka reydi” musobaqasi oʻtkazildi. Bu haqda vazirlik xabar qildi.

Jizzax viloyatidagi “Forish” togʻ-dala oʻquv maydonida razvedka boʻlinmalari oʻrtasida oʻtkazilgan mazkur musobaqada vazirlikning barcha harbiy okrug hamda oliy harbiy taʼlim muassasalaridan jami 11 ta jamoa ishtirok etdi.

Mazkur musobaqa uch bosqichda oʻtkazildi. Dastlab, harbiy qism, soʻngra harbiy okrug miqyosida gʻolib boʻlgan jamoalar yakuniy bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Yakuniy bosqichda esa ular 10 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdi.

Dastlab guruhlarning belgilangan hududga chiqish va jangovar vazifani bajarishga shayligi koʻzdan kechirilgach, harbiy xizmatchilar 7,5 kilometrlik masofaga ogʻirligi 35 kilogramga yaqin boʻlgan yuk qopi bilan marsh yurdi. Mashgʻulot shartiga koʻra, har bir jamoa yuqori qoʻmondonlikdan berilgan maxsus vazifalarga asosan shartli dushman joylashgan hududni aniqlash va qaror ishlab chiqish vazifalarini bajardi.

Shuningdek, marsh yurish davomida minalashtirilgan yoʻlaklardan betalofat odimlash, jangda yaralangan harbiy xizmatchiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish va uni bir yarim kilometr masofaga evakuatsiya qilish sinovlaridan oʻtdi. Bemorga jgut, bogʻlov, ogʻriq qoldiruvchi ukol va shina qoʻyishda jamoalardagi feldsherning mahorati yaqqol namoyon boʻldi. Shundan soʻng uch kilometr uzoqlikdagi joylashuv hududiga yetib borish, u yerda qoʻriqlov oʻrnatish va guruh shaxsiy tarkibiga vaqtinchalik yashash joyini hozirlash, dala sharoitidan kelib chiqqan holda, zarur imkoniyatlar yaratish singari shartlarni muvaffaqiyatli ado etdi.

Jamoalarning har bir harakati Mudofaa vazirligi masʼul ofitserlaridan tayinlangan hakamlar hayʼati tomonidan xolisona baholab borildi.

Sakkiz kun davom etgan musobaqada ishtirokchilar uchun shartlar bosqichma-bosqich oddiydan murakkablashib bordi.

Real jangovar vaziyatlarga yaqinlashtirilgan holda oʻtkazilayotgan musobaqa doirasida harbiy xizmatchilar azimut boʻyicha oʻn kilometr masofaga harakatlanish, kimyoviy zararlangan hududlardan himoyalanish, ruhiy tayyorgarlik yoʻlaklaridan oʻtdi. 

Yakuniy natijalariga koʻra, birinchi va ikkinchi oʻrinlarni Markaziy harbiy okrug qoʻshinlariga qarashli jamoalar qoʻlga kiritgan boʻlsa, uchinchi oʻrin Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug jamoasiga nasib etdi. Gʻoliblarga diplom, kubok, medal va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Asosiy mavzular