00:31 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Oʻzbekistonda aralash yakkakurash turniri boʻlib oʻtadi – Habib Nurmagomedov

© Sputnik / Said Tsarnayev
Jamiyat
Havola olish
658 0 0

Habib Nurmagomedov 2020-2021 yillarda Oʻzbekistonda MMA maktabi ochadi va UFC chempionati oʻtkazishini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 6 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda 2020-2021 yillarda ilk bor Global jangchilar  chempionati oʻtkaziladi. Bu haqida UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov  Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtayotgan Synergy Global Forumda aytib berdi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Biz Oʻzbekistonda ilk bor GFC 20 musobaqasini oʻtkazamiz. Rejaga koʻra unda 7 nafar oʻzbekistonlik va 6 nfvar rossiyalik jangchilar ishtirok etadi. Jang "Xumo arenada" boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston hukumati koʻmagida”, - dedi Nurmagomedov.

Undan tashqari Habib Oʻzbekistonda Aralash yakkakurash sanʼatini (MMA) rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshishini va respublika hududid oʻz sport akademiyasini ochishni rejalashtirayotganini xabar qildi.

“Oʻzbekistonda mening koʻp doʻstlarim, muxlislarim bor. Dunyoning qayerida boʻlgan boʻlsam, oʻzbeklar oldimga kelib menga omad tilashadi”,  - dedi sportchi.

Eslatib oʻtamiz, Habib Nurmagomedov MMAning yengil vaznida yengilmagan chempion. U 28ta jang oʻtkazib 28ta gʻalaba qozongan. Nurmagomedov aytishiga qaraganda, u oʻz sport karyerasini 30ta jang bilan yakunlash niyatida.

Asosiy mavzular