08:31 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Nigmatilla Yuldashev

Nigʻmatilla Yoʻldoshev Kurash federatsiyasi raisi etib saylandi

© Sovet Federatsii Federalnogo Sobraniya Rossiyskoy Federatsii
Jamiyat
Havola olish
163 0 0

Oʻzbekiston Kurash federatsiyasi raisi lavozimiga bosh prokuror va sobiq senat raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev saylandi.

TOSHKENT, 6 okt – Sputnik. Oʻzbekiston bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev Kurash federatsiyasi raisi etib saylandi, deb xabar qilmoqda Federatsiya matbuot xizmati.

“Termiz shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasida Nigʻmatilla Yoʻldoshev Kurash federatsiyasining raisi lavozimiga saylandi.

Saylovda boshqa nomzodlar koʻrsatilmadi va Nigʻmatilla Yoʻldoshev bir ovozdan Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, oldin ushbu lavzoimni Oʻzbekiston sobiq bosh prokurori Otabek Murodov ishlar edi. Murodov lavozimidan ozod etilganidan soʻng bir necha oy davomida federatsiya raisi lavozimi vakant edi.

Maʼlumot uchun, Nigʻmatilla Yoʻldoshev 1968 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDUning Yuridik fakultetini bitirib Olmaliqda prokuraturasi oʻz faoliyatini boshlagan. Undan soʻng Yunusobod tuman prokuraturasi hamda Respublika Bosh prokuraturasida faoliyat yuritgan. Undan soʻng adliya vaziri va senat raisi lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

Asosiy mavzular