Soliqchilar o‘z xohishi bilan paxta terishga chiqdi

© GNKNalogoviki vishli na sbor xlopka
Nalogoviki vishli na sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chirchiqda 250 nafar soliqchilar bir kunda 9,3 tonnadan ziyod paxta terishdi. Kun so‘ngida eng ko‘p paxta tergan xodimlarga sovg‘alar topshirildi.

TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Davlat soliq xizmati organlari xodimlari paxta terimida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda DSQ matbuot xizmati. 

“Davlat soliq qo‘mitasining 250 nafardan ziyod xodimlari shanba kuni o‘z tashabbuslari bilan O‘rta Chirchiq tumanidagi “Vohidjon agro” fermer xo‘jaligi maydonidagi paxta terimida ishtirok etdi”, - deyilgan xabarda.

Soliqchilar bir kunda jami 9,3 tonnadan ortiq paxta terishgan. Kun so‘ngida eng faol terimchilarga Qo‘mitaning esdalik sovg‘alari topshirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0