10:58 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Jamiyat
Havola olish
114 0 0

Toshkent metrosida Wi-Fi tarmogʻi Metrotelecom kompaniyasi, UCELL uyali aloqa tarmogʻi hamda Toshkent metropoliteni hamkorligida tashkil qilingan.

TOSHKENT, 7 okt – Sputnik. Bugundan boshlab Toshkent metrosining barcha bekatlarida Wi-Fi ishga tushdi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

Wi-Fi tarmogʻi Metrotelecom kompaniyasi, UCELL uyali aloqa tarmogʻi hamda Toshkent metropoliteni hamkorligida tashkil qilingan.

Birinchi marotaba internetga ulanish uchun dastlab tarmoqda roʻyxatdan oʻtish kerak. Roʻyxatga olish telefon raqamiga yuboriladigan SMS orqali amalga oshadi. Shundan soʻng, reklama roligini tomosha qilish va internetga ulanish tugmasini bosish kerak boʻladi. 

Eslatib oʻtamiz, Toshkent metrosida Wi-Fi xizmati ilk bor ICT Week doirasida 25 sentyabr kuni Mustaqillik maydoni va Amir Temur bekatlarida ishga tushirilgan edi. Oʻshanda ushbu 3 kompaniya rahbarlari Toshkent metropolitenida Wi-Fi xizmatining ishga tushiriligi metropolitenning yoʻlovchilar uchun jozibadorligini oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirishgan edi.

Asosiy mavzular