07:09 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
AO “O’ztemiryo’lyo’lovchi” poluchil novыe vagonы

Temir yoʻllar xizmatidan foydalanuvchi harajatlari pasaytiriladi

© AO "Uzbekiston temir yullari"
Jamiyat
Havola olish
249 0 0

Oʻzbekistonda mahalliy va xalqaro yoʻnalishlarda harakatlanuvchi poyezdlarning chiptalariga yangi narxlar belgilandi.

TOSHKENT, 7 okt - Sputnik. Respublikada joriy etilgan qoʻshimcha qiymat soligʻi stavkasi tushirilishi barobarida mahalliy va xalqaro poyezdlar chiptalariga narxlar tushirildi.

"2019 yil 1 oktyabrdan Oʻzbekistonda QQS stavkasi 20% dan 15% gacha kamayganligi sababli chipta narxi mos ravishda pasaytirildi", - deyiladi xabarda.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasining pasayishi "Oʻzbekiston temir yoʻllari"AJning barcha mahalliy va xalqaro poyezdlari uchun komissiya yigʻimiga ham tegishli.

Qolaversa, kecha xabar qilinganidek, “Yoʻlovchi vagonlarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish Toshkent zavodi” 2025 yildan eʼtiboran 300 ta yangi vagonlarni foydalanish uchun topshirishni rejalashtirgan. Natijada, respublikada harakatdagi yoʻlovchi sostavning 70-80%i yangilanadi.

Yangi yoʻlovchi vagonlarining, asosan, mahalliy marshrutlarga tushirilishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular