08:42 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Vaktsinatsiya ot grippa v Krasnodare

Majburiy tibbiy sugʻurtalash Oʻzbekistonda qachon paydo boʻladi?

© Sputnik / Nikolay Xijnyak
Jamiyat
Havola olish
26000

Respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi tarqatgan xabarida majburiy tibbiy sugʻurtalash bosqichlari, qamrab olinadigan viloyatlar va muddatlar haqida maʼlumotlar keltirilgan.

TOSHKENT, 7 okt — Sputnik. Respublikada majburiy tibbiy sugʻurta tizimi 2021 yildan bosqichma-bosqich joriy etilishi loyihalashtirilgan, deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Ilk bosqich 2021 yilda pilot sifatida Sirdaryo viloyatining barcha tumanlarida joriy etiladi. Mazkur viloyatda tibbiyot muassasalariga zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish, davlat va xususiy tibbiyot muassasalari bilan shartnoma tizimi, kafolatlangan tibbiy xizmat hajmi hamda jon boshiga va har bir davolangan shaxs uchun toʻlov tizimini yaratish belgilab oʻtilgan. 

Bu haqda Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakillari va mahalliy deputatlar, mutasaddi tashkilot namoyandalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida maʼlum qilindi.

Ikkinchi bosqichda 2023 – 2025 yillar davomida yana oltita viloyatlar qamrab olinadi. Uchinchi bosqichda 2025 yildan boshlab barcha hududlar toʻliq qamrab olinadi.

Bu modelni birlamchi darajada amalga oshirish uchun 2020 yilda Vazirlar Mahkamasi huzurida Majburiy tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tashkil etiladi. Jamgʻarmaning daromad manbalari etib davlat byudjeti bilan bir qatorda inson sogʻligʻiga zarar keltiruvchi (tamaki, alkogol, shakar va yogʻ miqdori koʻp boʻlgan) mahsulotlarga qoʻllaniladigan aksiz soliqlari hamda ekologiyaga zarar yetkazuvchi korxonalardan qoʻshimcha ajratmalar tashkil etadi.

Vazirlik vakillarining qayd etishicha, bu yoʻnalishdagi qonunchilik asoslarini ishlab chiqish jarayonida jahonda shakllangan modellar puxta va atroflicha oʻrganildi. Oʻzbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida bandlik darajalari, soliq stavkalari, oylik daromadlari oʻrganilib, majburiy tibbiy sugʻurtaning hozirgi kunda optimal va ijobiy baholanib kelinayotgan byudjet modeli tanlab olindi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil dekabrda prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlagan edi. Hujjat Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalari, jumladan, yetakchi mamlakatlar tajribasiga asoslangan. Sohadagi islohotlar barcha fuqarolarning teng tibbiy yordam olish, moliyaviy himoya va resurslarning samarali taqsimlanishi imkoniyatini taʼminlaydi.

Asosiy mavzular