08:23 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
V tashkentskom metro zapustili beskontaktnuyu oplatu proyezda

Toshkent metrosida toʻlovning yangi usuli joriy etildi

© Spot.uz
Jamiyat
Havola olish
401 0 0

Yangi toʻlov tizimi alohida stantsiyalarda oʻz ishini boshlagan boʻlib, u foydalanuvchilar uchun qator qulayliklarni vujudga keltiradi.

TOSHKENT, 7 okt - Sputnik. Toshkent metro stantsiyalarida endilikda Humo kartalari bilan toʻlovni amalga oshirish mumkin, xabar beradi toʻlov tizimi matbuot xizmati.

Poytaxt metropoliteni qator stantsiyalarida Humo kartalaridan bevosita toʻlovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Buning uchun maxsus turniketlar ishga tushirilgan. Mazkur tizim yoʻlovchilarning kassada navbatda uzoq turib qolishlarini oldini olib, ular uchun qulay imkoniyat yaratadi. 

Tizim oʻz ishini “Buyuk Ipak yoʻli”, “Amir Temur hiyoboni”, “Mustaqillik maydoni”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Mirzo Ulugʻbek”, “Chilonzor”, “Beruniy”, “Minor” va “Abdulla Qodiriy” metro bekatlarida boshlagan.

Toʻlovni amalga oshirish uchun Humo kartasini bor-yoʻgʻi validatorga tegizish talab qilinadi. Hozirgi kunda mazkur tizimga metropolitenning barcha bekatlarini ulash rejalashtirilmoqda.

Asosiy mavzular