12:14 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Iz Ferganы v Kыrgыzstan otkrыli novыy avtobusnыy marshrut

Oʻzbekistondan Qirgʻizistonga yangi avtobus reysi yoʻlga qoʻyildi

UzA
Jamiyat
Havola olish
18810

“Fargʻona-Qizil-Qiya” yoʻnalishi boʻyicha qatnov yoʻli masofasi 37 kilometrni tashkil etgan, chipta narxi 7 ming soʻmga teng.

TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Fargʻonadan Qirgʻiziston hududiga yangi avtobus marshruti ochildi, xabar qiladi Transport vazirligi

 “Fargʻona-Qizil-Qiya” reysi yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulaylik yaratish uchun joriy etilgan.

Ushbu yoʻnalish boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan Mansur Mirzohid xususiy korxonasi zamonaviy ISUZU avtobuslarida xizmat koʻrsatadi.

Qatnov yoʻl masofasi 37 km.ni tashkil etib, chipta narxi 7 000 soʻmga teng.

Qirgʻiziston tarafidan ham marshrut boʻyicha mikroavtobuslar harakati yoʻlga qoʻyilgan.

Joriy yil sentyabr soʻngida Andijon-Oʻsh yoʻnalishi boʻyicha mikroavtobuslarning muntazam qatnovi joriy etilgan.

Fargʻona-Qizil-Qiya yoʻnalishida har kuni 12 ta (har tarafdan 6 tadan) zamonaviy mikroavtobus qatnovga qoʻyiladi.

Asosiy mavzular