11:48 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Obed v detskom sadu

Bolalar zaharlangan bogʻcha xodimlari ishdan boʻshatildi

Sputnik / Igor Zarembo
Jamiyat
Havola olish
107 0 0

Bekoboddagi bogʻcha bolalarida kuzatilgan oʻtkir diareya va gastroenteritga taom tayyorlash texnologiyasining qoʻpol tarzda buzilishi, nomuvofiq taomnoma hamda ovqatlanish boʻlimi va MTTning boshqa xodimlarining sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilmaganligi sabab boʻlgan.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi 15-sonli MTT tarbiyalanuvchilarida kuzatilgan oʻtkir diareya va gastroenteritning kelib chiqish sabablari batafsil oʻrganib chiqildi.

Respublika DSENM xulosasiga koʻra, bolalarda kuzatilgan oʻtkir diareya va gastroenteritga taom tayyorlash texnologiyasining qoʻpol tarzda buzilishi, nomuvofiq taomnoma hamda ovqatlanish boʻlimi va MTTning boshqa xodimlari (tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilar) tomonidan sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilmaganligi sabab boʻlgan.

“15-sonli MTT mudirasi Rahmatullayeva Mohira Abdumalikovna, oshpaz Qahramonova Shohida Abrorovna va hamshira Ergasheva Mavluda Ergashevna lavozim majburiyatlarini bajarmaganligi va loqayd hatti–harakati natijasi oqibatida bolalar sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi sababli, egallab turgan lavozimlaridan ozod etildilar”, - deyiladi MTV xabarida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bekobod shahridagi 15-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida ovqatdan zaharlanish holati sodir boʻlgani va bogʻcha bolari yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular