12:06 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Rabota za kompyuterom

Prezident qarori: ming nafar xodim xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuboriladi

© Pixabay
Jamiyat
Havola olish
197 0 0

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

TOSHKENT, 8 okt – Sputnik. Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Agentlik davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi boʻyicha qonun hujjatlarining soʻzsiz bajarilishini oʻrganadi. 

Qaror bilan davlat organlari va tashkilotlari kadrlar boʻlinmalarining asosiy vazifalari belgilandi.

Qarorga koʻra, davlat organlari va tashkilotlarining oʻrta va quyi boʻgʻinidagi eng istiqbolli xodimlarning kamida 1000 nafarini 3 oydan 6 oygacha boʻlgan muddatda xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish boʻyicha dastur ishlab chiqiladi.

Stajirovka oʻtayotgan shaxslarga stajirovka oʻtayotgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasi elchisi mehnatiga haq toʻlash miqdorining 60 foizi miqdorida oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanadi.

Xodim stajirovka tugagandan soʻng davlat organi va tashkilotiga kamida 2 yil ishlab berishi shart.

Qaror bilan Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Davlat fuqarolik xizmatchilari malakasini oshirish markazi tashkil etildi.

Shuningdek, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Asosiy mavzular