12:38 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Vyacheslav Postavnin

Postavnin: Yevropa migrant va qochqinlarning yogʻilib kelishidan qoʻrqmoqda

Sputnik / Ruslan Krivobok
Jamiyat
Havola olish
127 0 0

Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga boshqa davlat fuqarolarini olib oʻtish biznesga aylanyaptimi, muhojirlar oqimlari Yevropa davlatlari uchun qanday xavf tugʻdirmoqda? Bular xususida "Migratsiya XXI asr" fondi prezidenti Sputnik radiosiga soʻzlab berdi.

"Migratsiya XXI asr" fondi prezidenti Vyacheslav Postavnin Sputnik radiosiga xabar qilishicha, migrant oqimlarining aksariyati Afrika, Hindxitoy yarim oroli va Yaqin Sharqdan kelmoqda.

Odamlar asosan Yevropa va AQShga koʻchib oʻtmoqda, Rossiyani bu toʻlqinlar hozircha chetlab oʻtyapti.

“Koʻpincha migratsiya past turmush tarzi, suv va oziq-ovqat yetishmasligi bilan ifodalanadi. Va bu borada, yanada katta oqimlarni prognoz qilish mumkin”, - qoʻshimcha qildi ekspert.

Postavnin taʼkidlashicha, Yevropada 300 millionga yaqin kishining oʻzi iqlim sharoitiga koʻra muhojirga aylangan, ularni “iqlimiy muhojirlar” (environmental migrant) deb ham atashadi. Koʻpincha migrantlar kontrabanda, narkotrafik va chegaradan kishilarning noqonuniy olib oʻtilishlari kabilarning tashkil topishiga sababchi boʻladi.

“Migrantlar transportirovkasi pul ishlab topishning yangi usuliga aylanib boʻlgan”, - deydi Postavnin.

Yevroittifoq hozirda tashqi chegara xizmatini shakllantirish jarayonida boʻlib, qisqa muddatda bu sohada barcha migrantlarni hisobga oladigan axborot tizimini joriy etadi.

Bugungi kunda Gʻarb mamlakatlari Yevropaga har qanday kirib kelishlarni va ittifoq ichidagi harakatlanishlar ustidan nazoratni kuchaytiradi, soʻngra esa kriminal oqimlarni berkitadi, qoʻshimcha qildi suhbatdosh.

Ekspertning izohini toʻliq quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

 

Asosiy mavzular