06:36 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53

Oʻzbekistonda eng yuqori ish haqi kimga toʻlanadi

© Sputnik / Aleksey Nichukin
Jamiyat
Havola olish
96110

Oʻzbekistonda ushbu soha mutaxassislarga 5000 dollargacha ish haqi taklif qilinmoqda va bu eng yuqori sanaladi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Toshkent shahridagi eng yuqori ish haqi Axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga — dasturchilar, ishlab chiquvchilar va WEB muhandislariga taklif etilmoqda, deb yozmoqda Spot.uz.

Qayd etilishicha, sentyabr oyida Oʻzbekistonda sohasidagi mutaxassislarga 5000 dollargacha maosh taklif qilingan.

ASP.NET dasturchisiga 1 000 $dan 2 000 $gacha, Java (back-end) dasturchisiga 1 000 $dan 2 000 $gacha, Team Lead  - 2 000 $dan, Lead Java Developer – 2 000 $dan 3 000 $gacha, Data Design Lead - 2 000 $dan 5 000 $gacha miqdorda ish haqi taklif qilinmoqda.

Nashr maʼlumotlariga qaraganda, shunga qaramasdan, Oʻzbekiston bozorida bunday mutaxassislarni topish juda qiyin va bu vazifa yil sayin murakkablashmoqda. Qolaversa, bunday mutaxassislarga chet elda koʻproq pul toʻlashga tayyorlar.

Asosiy mavzular